"Nitstsa" o'zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi o'zgargani haqida ma'lumot joylashtirdi. Frank Ez o'z lavozimini tark etib, o'rnini Klod Pyuelga bo'shatib berdi.

Pyuel 2012-2016 yillarda "Nitstsa" murabbiyi bo'lib ishlagan.

Ayni paytda "Nitstsa" 16 turdan so'ng Frantsiya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.

Liga 1ning navbatdagi o'yinini "burgutlar" 3 yanvar, shanba kuni o'z maydonida "Strasburg"ga qarshi o'tkazadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yangraydi.