Jorje Jezush rasman Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

71 yoshli mutaxassis bu lavozimda 2023-yil yanvaridan buyon jamoa bilan ishlab kelgan Roberto Martinesni almashtirdi.

Portugaliya terma jamoasi JCh-2026 turnirining 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Jezush bungacha Krishtianu Ronaldu to'p suradigan «An-Nasr» klubini boshqargan. O'tgan mavsumda klub Saudiya Arabistoni chempionatida g'olib chiqqan edi.

Manba: Stadion.uz