Rasman: Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasini tark etdi

Italiya terma jamoasi o'z rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali Jennaro Gattuzoning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e'lon qildi.
Mutaxassis jamoani JCh-2026 ga olib chiqa olmadi. Saralashning pley-off o'yinlarida Italiya terma jamoasi kutilmaganda Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4).
Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi boshqaruvida jami sakkizta o'yin o'tkazdi. Ularda mutaxassis oltita g'alaba va ikkita mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati — 23:14.