Rasman. Inyatsio Abate «Torino» bosh murabbiyi etib tayinlandi

«Milan» va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Inyatsio Abate «Torino» klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «buqalar» klubi ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qildi.
Mutaxassis bilan 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasi imzolandi.
Futbolchilik faoliyati davomida Inyatsio Abate «Milan», «Napoli», «Empoli», «Torino» hamda yana bir qator jamoalar safida to'p surgan. Shuningdek, u Italiya terma jamoasi tarkibida ham bir nechta uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyatida Abatening so'nggi ish joyi Italiya V seriyasida ishtirok etuvchi «Yuve Stabiya» klubi bo'lgan.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Torino» Italiya A seriyasi musobaqasida 12-o'rinni egalladi. Turinliklar mamlakat chempionatini etti marta qo'lga kiritgan.