«Inter» forvard Mehdi Taremiy bilan xayrlashganini e'lon qildi.

33 yoshli eronlik futbolchi faoliyatini «Olimpiakos»da davom ettiradi. Taremiy yunon klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer summasi 2 million evroga teng.

«Inter» safida Taremiy barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma yo'lladi.

Manba: sport24.ru