Italiyalik vinger Lorentso Insine "Peskara" futbolchisiga aylandi. B Seriya klubi bilan shartnoma hozircha mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

34 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi MLSning "Toronto" klubi bo'lib, Lorentso 2022-2025 yillarda ushbu jamoada o'ynagan. 2025 yilning yozidan boshlab Insine klubsiz.

"Napoli" tarbiyalanuvchisi uchun "Peskara" begona klub emas, u bu jamoada 2012 yilda ijarada o'ynagan.

Ayni paytda "Peskara" B Seriyaning asosiy autsayderi bo'lib turibdi, klub turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi - 14 ochko. Ular 17-o'rindan olti ochko ortda qolmoqda.