«Betis» klubi matbuot xizmati «Real» himoyachisi Fran Garsiya bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan to'rt mavsumga mo'ljallangan — 2030 yilgacha bo'lgan shartnoma imzoladi.

Garsiya — «Real» tarbiyalanuvchisi. 2021 yilda u «Rayo Valekano»ga o'tgan va ikki yil o'tib Madrid klubiga qaytgan edi. Umuman olganda, himoyachi «qirollik klubi» safida 109 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 10 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz