Rasman. "Fiorentina" APLdan o'yinchi olib keldi (foto)

Jek Xarrison "Fiorentina" futbolchisiga aylandi.
Italiya klubi 29 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olganini rasman e'lon qildi. Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, to'liq transfer "Fiorentina"ga 7 million evro turishi mumkin.
Joriy mavsumda APLda Xarrison 11 ta o'yinda maydonga tushib, birorta golda ishtirok etmadi.
