Mateush Fernandesh "Sautgempton"dan "Vest Xem"ga o'tdi.

London klubi 21 yoshli markaziy yarim himoyachining transferini rasman tasdiqladi.

"Vest Xem" futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va transfer summasi 42 million funtni tashkil qildi.

O'tgan mavsumda portugaliyalik xavbek "Sautgempton" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.