Tayler Dibling "Everton" futbolchisiga aylandi.

Liverpul shahri klubi "Sautgempton" vingeri transferini e'lon qildi. Tomonlar 4 yillik shartnoma imzoladilar.

The Athletic xabariga ko'ra, kelishuv summasi 35 million funtni tashkil qilgan. Shuningdek, 5 mln funt miqdorida bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.

O'tgan mavsumda Dibling APLda 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.