Rasman: Entso Mareska — «Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi

Entso Mareska «Manchester Siti» klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi.
Bundan avval «Chelsi»da faoliyat yuritgan 46 yoshli italiyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Mareska «Siti» klubida Pep Gvardiolaning o'rnini egalladi. Ispaniyalik mutaxassis klubdagi 10 yillik faoliyati davomida jami 20 ta sovrinni qo'lga kiritgan edi. E'tiborlisi, Entso ilgari kataloniyalik murabbiyning shtabida (2022-2023 yillarda) ishlagan va Manchester klubining yoshlar jamoasini boshqargan.
Qayd etish lozimki, Mareska bosh murabbiy sifatida «Lester» bilan Chempionshipda zafar quchgan, «Chelsi» bilan esa Konferentsiyalar Ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida «Parma» klubida ham mustaqil ravishda ish olib borgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar