"Barselona" Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 28 yoshli niderlandiyalik xavbek 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Uning tovon puli 400 million evrodan 500 million evroga oshirildi.

Yangi bitimga ko'ra, u 1 mavsumda 9-10 million evro sof maosh oladi.