Rasman: Dante «Bavariya»da murabbiy bo'lib ishlaydi

Braziliya milliy terma jamoasi va «Bavariya»ning sobiq futbolchisi Dante Myunxen grandida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
42 yoshli mutaxassis Myunxen jamoasining ikkinchi jamoasini (Bavariya-2) boshqaradi. Ta'kidlash joizki, «Bavariya-2» Germaniyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Dante 2012 yildan 2015 yilgacha «Bavariya» sharafini himoya qilgan. Myunxenliklar safida braziliyalik futbolchi to'qqizta sovrinni qo'lga kiritgan. Dantening futbolchilik faoliyatidagi so'nggi klubi Frantsiyaning «Nitstsa» jamoasi bo'ldi. O'tgan mavsumda himoyachi Frantsiya chempionatida 12 ta uchrashuv o'tkazib, bitta sariq kartochka olgan.