Yaponiyalik yarim himoyachi Daiti Kamada Londonning «Kristal Pelas» klubi bilan tuzilgan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klubning X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi xabar qildi.

29 yoshli futbolchining avvalgi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlangan edi. Shu sababli u bir necha kun erkin agent maqomida yurgan.

O'tgan mavsumda Kamada barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol, 5 ta golli uzatma va 4 ta sariq kartochka qayd etdi.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 10 million evroga teng.

Manba: Stadion.uz