Rasman: «Chelsi» sobiq murabbiyi Rosenor Frantsiya klubini qabul qilib oldi

«Chelsi» klubining sobiq ustozi Liam Rosenor «Parij» futbol klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Frantsiya jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
41 yoshli ingliz mutaxassisi «Parij» klubi bilan 2028 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Ta'kidlanishicha, mutaxassis 9 iyul kunidan o'z vazifasini bajarishga kirishadi. Aynan shu kuni jamoa ta'tildan qaytadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Aytish joizki, Rosenor bundan avval ham Frantsiyada faoliyat olib borgan. U 2024 yildan 2026 yilgacha «Strasburg» klubini boshqargan edi. Joriy yilning yanvar oyidan aprel oyiga qadar esa murabbiy «Chelsi»ga rahbarlik qildi.
Frantsiya chempionati — 2025/26 mavsumi yakunlariga ko'ra, «Parij» turnir jadvalida 11-o'rinni egalladi. Klub 34 ta uchrashuvda 44 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar