Rasman! «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi «Parij» klubini boshqaradi

Londonning «Chelsi» va «Strasburg» klublari sobiq murabbiyi Liam Rosenor «Parij» FK bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Frantsiya klubi matbuot xizmati rasmiy saytda xabar bermoqda. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzoladilar.
Rosenor ushbu lavozimda frantsiyalik Antuan Kombuarening o'rnini egalladi. Kombuare qo'l ostida klub Liga 1da 11-o'rinni egallagan edi. Oliy diviziondagi o'rin saqlab qolinganiga qaramay, parijliklar rahbariyati mutaxassis bilan keyingi hamkorlik bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.
Eslatib o'tamiz, Liam Rosenor 2026 yilning aprel oyida Angliya Premer-ligasidagi ketma-ket beshta mag'lubiyatli seriyadan so'ng «Chelsi» bosh murabbiyligidan bo'shatilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar