Rasman. "Chelsi" himoyachisi London klubiga o'tdi

Frantsiyalik himoyachi Aksel Disasi Londonning "Chelsi" klubidan poytaxtning boshqa bir klubi - "Vest Xem"ga o'tdi. Bu haqda "aristokratlar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bolg'achilar" 27 yoshli futbolchi bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan ijara shartnomasini imzoladi. Disasining "Chelsi" bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Aksel Premer-liga o'yinlarida ishtirok etmadi.