Angliyalik himoyachi Ben Chiluell Londonning "Chelsi" klubini tark etdi. 28 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatiga jo'nab ketdi.

Tajribali futbolchining yangi klubi "Strasburg" bo'ldi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Chiluell frantsuz jamoasi bilan ikki yilga mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida himoyachi "Kristal Pelas"da ijara asosida o'ynadi. Futbolchi 12 ta o'yinda qatnashib, bitta gol urgan.