Dortmundning «Borussiya» klubi «Red Bull Zaltsburg»dan Kuaku Gadu transferini e'lon qildi.

19 yoshli himoyachi bilan imzolangan kelishuv 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq, «Borussiya» Gadu uchun 20 million evro va yana 4–6 million evro miqdorida bonus to'lashi haqida xabar berilgan edi.