Rasman: «Bavariya» yarim himoyachisi Ispaniya klubiga o'tdi

Yonatan Asp Yensen Ispaniyaga ko'chib o'tdi.
2022 yildan buyon «Bavariya»ga tegishli bo'lgan yarim himoyachi «Deportivo» safiga qo'shildi. U bilan tuzilgan shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan.
Xabarlarga ko'ra, myunxenliklar bonuslarni hisobga olgan holda 7 million evro olishadi. Shuningdek, kelishuvda daniyalik futbolchi keyinchalik qayta sotilgan taqdirda «Bavariya»ga ma'lum bir foiz ajratilishi ham ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda Yensen ijara asosida «Grassxopper» safida to'p surgan. Shveytsariya chempionatida o'tkazgan 33 ta o'yinda u 8 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar