Rasman: «Ayaks» Zlatanning o'g'lini «Milan»dan ijaraga oldi

Maksimilian Ibrahimovich "Ayaks" futbolchisiga aylandi.
Niderlandiya klubi 19 yoshli vingerni mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Bitim o'yinchini 3,5 million evroga sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
Joriy mavsumda Zlatan Ibragimovichning o'g'li "Milan" yoshlar jamoasi safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.