Rasman! "Atalanta" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

"Atalanta" Ivan Yurichni bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi.
Bergamo klubi 50 yoshli xorvatiyalik va uning yordamchilari asosiy jamoani boshqarishdan chetlashtirilganini e'lon qildi.
Ilgari “Jenoa”, “Verona”, “Torino”, “Roma” va “Sautgempton”da ishlagan Yurich iyun oyida Jan-Pero Gasperini ketganidan keyin “Atalanta”ni boshqargandi.
Yurich qo'l ostida jamoa 15 ta o'yin o'tkazdi: 4 g'alaba, 8 durang va 3 mag'lubiyat. Ularning g'alabasiz seriyasi sakkizta o'yinga etdi. "Atalanta" hozirda A Seriyada 11 turdan keyin 13 ochko jamg'argan holda 13-o'rinda bormoqda.
Xabar qilinishicha, Raffaele Palladino "Atalanta"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.