Rasman. "Aston Villa" himoyachisi La Ligaga ko'chib o'tdi

32 yoshli himoyachi Aleks Moreno "Aston Villa"ni tark etdi. U "Jirona"ga erkin agent sifatida o'tdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma ikki yilga imzolandi.
Moreno "Villa"ga 2023 yilning qishida kelgan edi. O'tgan yozgacha u Birmingem klubi futbolchisi edi, ammo keyinchalik "Nottingem Forest"ga ijaraga yuborildi va u erda o'tgan mavsumni o'tkazdi.
Moreno "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U "Rayo Valekano", "Malorka", "Elche" va "Betis" kabi jamoalarda ham o'ynagan.