Rasman: Asror Aliqulov "Sho'rtan"dan ketdi. Jamoaga yangi murabbiy tayinlandi

“Sho'rtan” klubi bosh murabbiy Asror Aliqulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Klubning Ligaga ma'lum qilishicha, bunga qadar akademiya tizimida ishlab kelgan Ixtiyor Karimov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, “Sho'rtan” ayni paytda 33 ochko bilan Proligada 3-o'rinni band etib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Ixtiyor Karimov 2016, 2017 yillarda ham “Sho'rtan”ni boshqargan.
Kommentariyalar