Rasman. Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi

Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi.
BAAning «Galf Yunayted» klubi 42 yoshli mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Inesta allaqachon «A» toifali murabbiylik litsenziyasini qo'lga kiritgan. Endi Andres tajriba orttiradi va eng yuqori toifa — «Pro» litsenziyasini olish ustida ishlaydi.
«Galf Yunayted» klubi 2019 yilda tashkil etilgan. Ayni damda jamoa BAA futbol divizionlarida ikkinchi o'rinda turuvchi ligada ishtirok etmoqda. Inestaning tayinlanishi bo'yicha tarqatilgan matbuot xabarida «Galf Yunayted» uzoq muddatli loyiha qurayotganini ta'kidlaydi.