Rasman. Andreas Pereyra "Fulxem"ni tark etdi va vatani Braziliyaga qaytdi

Andreas Pereyra "Fulxem"dan "Palmeyras"ga o'tdi.
Braziliya klubi 29 yoshli yarim himoyachi uchun 10 million evro to'ladi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2028 yilning dekabrigacha shartnoma imzoladi.
Pereyra ingliz klubida 3 mavsum o'tkazdi. U o'tgan mavsumda APLda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U bungacha "Manchester Yunayted", "Granada", "Valensiya", "Latsio" va "Flamengo" klublarida to'p surgan.
Andreas Braziliya terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
