"Andijon" tarkibni kuchaytirish uchun olib borayotgan selektsiya doirasida bu safar yana bir tajribali futbolchi - Islom To'xtaxo'jaev bilan kelishuvga erishdi.

1989 yilning 30 oktbyar sanasida Farg'onada tavallud topgan markaziy himoyachi o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan ijrochilardan biri sanaladi.

2023 yilning yarmidan buyon OKMK sharafini munosib himoya qilib kelgan To'xtaxo'jaev 2026 yildan e'tiboran "Andijon" safida to'p suradi.

Islom shuningdek, "Neftchi", "Lokomotiv", "Lyaoning" (Xitoy), "Qizilqum", "Al-Garafa" (Qatar) singari klublarda ham o'ynagan.

Shu kungacha To'xtaxo'jaev faoliyati mobaynida 427 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 10 ta golli assistni amalga oshirgan.

O'zbekiston milliy terma jamoamiz tarkibida 78 ta o'yinda qatnashgan va 2 ta gol muallifi bo'lgan. 

U uch karra O'zbekiston chempioni va ikki karra Kubok sohibi hisoblanadi.

Manba: "Andijon" klubi matbuot xizmati