Rasman: "Al-Hilol" braziliyalik futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

27 yoshli himoyachi Renan Lodi rasman Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini tark etdi va erkin agentga aylandi. U Saudiya Arabistonida bir yarim yilni o'tkazdi.
Avvalroq braziliyalik Saudiya Arabistonidan vataniga qaytib ketgani xabar qilingandi.
Himoyachi Braziliyaning "Atletiko Paranaense" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Evropadagi faoliyati 2019 yilda "Atletiko Madrid"ga kelganidan keyin boshlangan. 2022-2023 yillarda Angliyaning "Nottingem Forest" klubida ijarada o'ynagan, 2023-2024 yillarda Frantsiyaning "Marsel" klubi futbolchisi bo'lgan.