Rasman. Ademola Lukman «Atalanta»dan «Atletiko»ga o'tdi

Madridning "Atletiko" klubi "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferini yakunlaganini e'lon qildi.
"Matraschilar" 28 yoshli nigeriyalik forvard transferi uchun 40 million evro sarfladi.
Lukman Madrid grandi bilan 2030 yil yozigacha shartnoma imzoladi.