Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Radu Dregushin "Fiorentina" safiga o'tdi. Ruminiyalik futbolchi "binafsharanglilar" tarkibida keyingi sotib olish majburiyati bilan ijara asosida o'ynaydi.

Dregushin "Tottenxem"da ikki yarim yil faoliyat yuritdi. U o'tgan yili "shporlar" bilan Evropa Ligasida zafar quchgan edi. Ruminiyalik himoyachi barcha turnirlarda jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Shuningdek, Dregushin Ruminiya terma jamoasi o'yinchisi hisoblanadi. U o'z mamlakati sharafini 30 ta o'yinda himoya qilgan.

"Binafsharanglilar" o'tgan mavsum yakunida Italiya chempionatida A Seriyadan tushib ketish xavfidan qutulib qolishga muvaffaq bo'ldi. Florentsiya klubi 42 ochko to'plab, yakuniy jadvalda 14-o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz