Ralf Rangnik kasalxonada davolanmoqda.

Avstriya terma jamoasining bosh murabbiyi o'tgan hafta Bavariyaning Murnau-am-Shtaffelzee shahrida joylashgan klinikada o'ng to'pig'idan operatsiya bo'ldi.

Bild gazetasining xabar berishicha, nemis mutaxassisi jamoasining yaqin oradagi o'yinlari uchun qaydnomani o'zi e'lon qila olmaydi. 29 sentyabr kuni bu vazifani uning yordamchisi Lars Kornetka bajaradi.

Rangnikning shifoxonada uzoq vaqt qolishiga sabab, bir necha operatsiyadan so'ng yuqtirgan infektsiyasidir. Endi uni davolash uchun qo'shimcha choralar ko'rish zarur bo'lmoqda. Chorshanba kuni 67 yoshli murabbiy yana bir bor jarrohlik amaliyotidan o'tadi.