Rangnik: "Bosniyaliklar shunday o'ynasa, ular ham JChga chiqishadi"

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Bosniya (1:1) bilan o'yindagi durang haqida fikr bildirdi.
"Qiyin bo'ldi. Juda og'ir. O'tkazib yuborilgan gol, tabiiyki, vazifani yanada murakkablashtirdi. Lekin biz bor kuchimiz bilan harakat qildik va natijada mukofotni qo'lga kiritdik. Bosniyaliklar ham shunday o'ynashsa, jahon chempionatiga chiqishadi", - deya Rangnikning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Avstriyaliklar 19 ochko to'plab, H guruhida birinchi o'rinni egalladi. Bosniyaliklar ikkinchi o'rinni egalladi (17 ochko) va JCh-2026 yo'llanmasi uchun o'tish o'yinida ishtirok etadi.