Raneri «Lester»dagi faoliyati haqida: «Bir vaqtning o'zida ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida o'ynash juda qiyin»

«Lester»ni Angliyaning eng yaxshi jamoasiga aylantirgan italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri «tulkilar» bilan o'tgan faoliyatini yodga oldi. 2015-16 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra qo'lga kiritilgan unvon jamoa tarixidagi yagona chempionlik hisoblanadi.
«Afsuski, keyingi mavsum u qadar muvaffaqiyatli kechmadi. Men hammani erishgan natijamizni takrorlay olmasligimizdan ogohlantirgandim. Buning iloji yo'q edi. Agar bunga o'rganmagan bo'lsangiz, bir vaqtning o'zida ham chempionatda, ham Chempionlar ligasida o'ynash juda qiyin. Bu juda katta jismoniy va ruhiy kuch talab qiladi», — deb eslaydi Raneri FourFourTwo nashriga bergan intervyusida.
Hozirda Raneri «Roma» klubida texnik direktor lavozimida ishlamoqda, «Lester» esa Chempionshipning xavfli hududida (pastki o'rinlarda) bormoqda.