Gonsalu Ramushning goli "PSJ"ga Chempionlar Ligasi doirasida safarda "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba keltirdi.

Portugaliyalik futbolchi o'yinning 90-daqiqasida "ko'k-anorranglilar" darvozasini ishg'ol qildi. Final hushtagidan so'ng hujumchi OAV vakillariga intervyu berdi.

"Agar siz o'zingizni eng yaxshi jamoa deb hisoblasangiz, maydonda buni isbotlashingiz kerak, gapirish emas. "PSJ" - Evropa chempioni", - deya Ramushning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

"PSJ" ikki turdan keyin 6 ochko bilan umumiy jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda.