Ramush Chempionlar ligasidagi g'alabadan so'ng: «Biz iroda ko'rsatdik»

Portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramush UEFA Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu juda og'ir final bo'ldi. Biz g'alabaga bo'lgan irodamizni namoyish etdik. Men o'yinning hal qiluvchi daqiqalarida maydonda bo'lishni istagan edim. Men hujumchi pozitsiyasida o'ynayman, shuning uchun har doim 11 metrlik jarima zarbasini ijro etishga tayyorman», — deya hujumchining so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.