"Real Madrid"ning sobiq sardori Serxio Ramos Kilian Mbappening yutug'i haqida fikr bildirdi.

Hujumchi 2025 yilda "Los Blankos" safida o'zining 59-golini urdi va Krishtianu Ronalduning bir kalendar yilidagi gollar bo'yicha klub rekordini takrorladi. U ushbu yutuqni tug'ilgan kunida amalga oshirdi.

"Tabriklayman, uka. Men buni ilgari ham aytganman... Birinchi raqamli yulduzsan", deb yozdi Ramos.