Serxio Ramos "Real"ning uy stadionida kontsert bermoqchi.

Avvalroq, Madrid klubining sobiq himoyachisi Cibeles trekini chiqardi. Bu Madriddagi favvoraga atalgan, uning yonida "qaymoqranglilar" muxlislari klub g'alabalarini nishonlashadiyu

Matnda Ramos klubga bo'lgan muhabbatini ta'kidlab, 2013/14-yilgi mavsumda Chempionlar ligasining finalida "Atletiko"ga qarshi o'yinda urgan golini tilga olgan. Shuningdek, ispaniyalik qo'shiqda so'nggi yillarda "Madrid"ni qo'llab-quvvatlamagani uchun tanqid qilgan.

"Umid qilamanki, kelajakda "Santyago Bernabeu"da kontsert qilish imkoniyatiga ega bo'laman, bu ajoyib bo'lardi. Lekin qadam-baqadam harakat qilish kerak", - dedi "Monterrey"da o'ynayotgan Ramos.