Rakitich «Atletiko»dan ketayotgan Grizmann haqida iliq fikrlar bildirdi

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Antuan Grizmannning erishgan yutuqlariga yuqori baho berdi.
«Barselona»da ham to'p surgan «Atletiko» xavbeki mavsum yakunida Madrid klubini tark etmoqda.
— Sizningcha, Grizmann Ispaniyada va La Ligada qanday meros qoldirdi?
— Menimcha, u juda kam uchraydigan meros qoldirdi. Haqiqiy afsona darajasida, shubhasiz. Albatta, «Atletiko Madrid»da, lekin La Ligada ham. O'ylaymanki, juda kam sonli futbolchilar u bilan tenglasha oladi.
U beqiyos. Balki u faoliyatini endi boshlaganida hatto orzu ham qilmagan darajaga etgandir. Uning o'yinini tomosha qilish haqiqatan ham zavqli edi, chunki u mutlaqo boshqacha, o'ziga xos sifatlarga ega. Haqiqatan ham o'yin taqdirini hal qiluvchi futbolchi va insonni ta'riflashga boshqa so'z topa olmayman, — dedi Rakitich.