Rahmonaliev: "Osiyo kubogiga yo'llanma uchun oxirigacha kurashamiz"

O'zbekiston U-23 jamoasi sardori Umarali Rahmonaliev Shri-Lankaga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g'alabadan keyin o'z fikrlarini baham ko'rdi. Eslatib o'tamiz, «Sabah» klubi safida to'p surib kelayotgan yarim himoyachi bu o'yinda hisobni ochgan ilk gol muallifi bo'ldi.
Rahmonaliev uchrashuvdan keyingi intervyusida yurtdoshlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi:
«Avvalo, butun o'zbek xalqini bugungi katta yutuq bilan tabriklayman. Biz qaysi jamoaga qarshi maydonga tushsak ham, g'alaba uchun o'ynaymiz. Shu safar ham muhim g'alabaga erishdik. Oldimizda yana ikki bellashuv turibdi. Shu bahslarda ham yutish va Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritish niyatidamiz. Bizni doim qo'llab-quvvatlab tursangizlar, biz yanada kuchli bo'lamiz».
Manba: zamin.uz