Rahmonaliev 1 taym o'ynagan uchrashuvda "Sabah" safarda durang qayd etdi

O'zbekiston U23 terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan “Sabah” Ozarbayjon Premer-ligasi 4-tur doirasidagi "Neftchi" mehmoni bo'ldi.
Bellashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. Mehmonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev 46-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.
Ozarbayjon Premer-ligasi. 4-tur
"Neftchi" - "Sabah" 0:0