Rafinyaning qancha vaqt maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi

"Barselona" yulduzi qancha vaqt maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Rafinya son mushaklaridan olgan jarohati sababli mavsum oxirining muhim davrini o'tkazib yuborishi mumkin.
Uning tiklanishi uchun kamida 4 hafta kerak bo'ladi. Braziliya terma jamoasi a'zosi EChL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahsni, hatto may oyidagi "Real" bilan mavsumning hal qiluvchi qarshiligini ham o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud.
Manba: newsnow.co.uk