Rafinya Dias "Barselona" safidagi so'nggi 5 o'yinning 4 tasida gol urgan.

Kecha Ispaniya Superkubogi finalida "Real"ga qarshi bahsda vinger hisobni ochdi. U 36-daqiqada Fermin Lopesning uzatmasidan keyin "ko'k-anorranglilar"ning qarshi hujumini yakunladi. 73-daqiqada u dubl muallifiga aylandi.

13 dekabrdan boshlab braziliyalik futbolchi "Osasuna" (dubl), "Vilyarreal" (gol), "Espanol" (samarali harakatsiz) va "Atletik" (dubl) bilan o'yinlarda ham gollarda ishtirok etdi.