"Barselona" hujumchisi Rafinya Dias jarohatini qaytalab oldi.

28 yoshli braziliyalik futbolchi o'ng sonidan olgan jarohatini davolash uchun yana 3-4 hafta sarflashi kutilmoqda.

U "el-klasiko"da ishtirok etish uchun tiklanishga harakat qilayotgan edi. Ammo jarohat yana qaytalandi.