Rafinya: "Yamalning so'zlari "Real"ga qo'shimcha motivatsiya bo'ldi"

"Barselona" vingeri Rafinya Dias jarohati sabab "el-klasiko"ni o'tkazib yubordi.
U o'yindan oldin Lamin Yamal "Real"ni firibgarlikda ayblab, noto'g'ri ish qilganini ta'kidladi.
"Yoshlik va etuklikning etishmasligi ko'zga tashlandi. Aynan shu sababli Yamal o'sha gaplarini aytdi. Uning so'zlari "Real"ga qo'shimcha motivatsiya berdi," - dedi Rafinya DAZN efirida.