"Barselona" vingeri Rafinya Dias jarohatidan forig' bo'ldi, deya xabar berdi Marca nashri.

Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi bugundan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan. U mashg'ulotlarni to'liq o'tkazgan.

Manba Rafinya 26 oktyabrga belgilangan "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushishini qo'shimcha qildi.

U sentyabr oyi oxiridan buyon o'yinlarda ishtirok etmayapti.