Rafinya: «PSJ» yulduzlari jamoaga foyda keltirmasligi aniq edi»

"PSJ"ning sobiq yarim himoyachisi Rafinya Alkantara Frantsiya klubida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe bilan birga o'ynagan davri haqida fikr bildirdi.
Uning aytishicha, mavsumoldi tayyorgarlik paytidayoq yulduzlar tarkibi jamoaga muvaffaqiyat keltirmasligi ayon bo'lgan.
"Hujumda: Di Mariya, Mbappe, Neymar va Messi. Zaxiraga kimni olasiz? Di Mariyani, uning jamoadagi mavqei tufayli, ammo u ham zaxirada o'tirishi mumkin bo'lmagan o'yinchi. Bu tizim ishlamasligi aniq edi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Foot Mercato.
U yana qo'shimcha qilishicha, Janluiji Donnarumma va Keylor Navas o'rtasida darvozabon pozitsiyasi uchun, shuningdek, Serxio Ramos, Markinos va Kimpembe to'plangan himoya chizig'ida ham qizg'in kurashlar bo'lib o'tgan.
Rafinyaning o'zi 2020-2022 yillar oralig'ida parijliklar safida 39 ta o'yinda ishtirok etib, ettita golli uzatmani amalga oshirgan.