Rafinya: "Oltin to'p"ni yutishga loyiq edim"

"Barselona" qanot hujumchisi Rafinya Dias o'tgan mavsumda "Oltin to'p"ga loyiq o'yin ko'rsatganini aytdi.
“O'ylaymanki, men "Oltin to'p"ni yutishga loyiq edim. Ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdim va juda katta miqdorda golli harakatlar qildim, ammo aftidan bu etarli bo'lmadi", - dedi 29 yoshli braziliyalik vinger.