"Barselona" hujum chizig'i etakchisi Rafinya Dias "Real Ovedo"ga qarshi o'yinda urgan goli haqida fikr bildirdi.

57-daqiqada braziliyalik futbolchi raqib himoyachisining noto'g'ri pasidan so'ng to'pni egallab olib, darvozabon ustidan "parashyut" uslubida gol urdi.

"Mening golim? Hujumni yakunlashning turli variantlarini sinab ko'rish kerak - aks holda, darvozabonlar mening niyatlarimni oldindan bilishlari oson bo'ladi," - dedi Rafinya.