Rafinya nega o'z pozitsiyasini o'zgartirganini tushuntirdi

«Barselona» yulduz vingeri Rafinya o'z o'yin pozitsiyasi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u Lamin Yamal sababli o'ng qanotda o'ynay olmaydi.
«Dastlab men «Barselona»da faqat o'ng qanotda o'ynashni istagan edim. Ammo keyinchalik moslashuvchan bo'ldim va hozirda bir nechta pozitsiyada o'ynay olaman. Lamin Yamal bilan raqobatlasha olaman deyish ikkiyuzlamachilik bo'lardi. U – favqulodda iqtidor egasi. Shu sababli men boshqa pozitsiyalarga moslashishga majbur bo'ldim», – deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Plaantik.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli Rafinya «Barselona» safida jami 177 ta o'yinda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda braziliyalik futbolchi 75 ta gol va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.