"Barselona" vingeri Rafinya Dias La Liga joriy mavsumidagi 8-golini urdi.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "Ovedo"ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida jamoasining ikkinchi golini urdi. 60-daqiqada Rafinya maydonni tark etdi - uning o'rniga Fermin Lopes maydonga tushdi.

Rafinya joriy mavsum La Ligada 12 ta o'yinda 8 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.